"PROFI UNIVERSITY" - "Texnik hujjatlarni Word shaklida tayyorlovchi mutaxassis" larni ishga taklif qiladi.
Bizga quyidagi ishlarni bajaradigan mutaxassis kerak:
Qog‘ozdagi test savollarini Word hujjatiga toza va tartibli ko‘rinishda kiritish;
Qo‘lda chizilgan yoki skaner qilingan chizmalarni grafik ko‘rinishda qayta ishlash (vektorli ko‘rinishda);
Jadval va diagrammalarni Word’da professional shaklda yaratish va joylashtirish;
Rasm, grafik va chizmalarni sifatli va to‘g‘ri joylashtira olish.
Talablar:
Microsoft Word bilan mukammal ishlay olish;
Grafik dasturlar (masalan: Adobe Illustrator, CorelDRAW, Inkscape yoki Word’dagi SmartArt) bilan ishlash ko‘nikmasi;
Tez va aniqlik bilan ishlash;
Texnik chizmalar bilan ishlagan tajriba xodim bo'lishi lozim.