Xavfsiz shahar tizimlarini rivojlantirish markazi

Xaridlar bo‘limi yetakchi mutaxassisi

4 000 000 - 6 000 000 UZS
  • Ташкент
  • Полная занятость
  • Полный день
  • От 3 до 6 лет
  • Документооборот
  • Делопроизводство
  • Заключение договоров
  • Закупка товаров и услуг
  • Деловое общение
  • Деловая переписка
  • Русский — C1 — Продвинутый
  • Английский — A2 — Элементарный

4.1. Malakaviy talablar

Yetakchi mutaxassis lavozimiga quyidagi malakaviy talablarga javob beradigan shaxs tayinlanadi:

oliy ma’lumot (huquqshunoslik, iqtisodiyot yoki davlat boshqaruvi sohalarida);

davlat xaridlari sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi;

davlat tilini mukammal, rus tilini yuqori darajada bilishi;

davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikning bilimi;

xarid qilish tartib-taomillarini o‘tkazish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar;

analitik fikrlash va tahliliy materiallar tayyorlash qobiliyati;

samarali muloqot va muzokara olib borish ko‘nikmalari;

MS Office dasturlar paketini bilish;

davlat xaridlarining elektron tizimlarida ishlash ko‘nikmalari.

4.2. Yetakchi mutaxassis quyidagi lavozim vazifa va majburiyatlarni bajaradi:

Markaz direktori tomonidan qabul qilingan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar bilan yuklatilgan vazifalar hamda Markaz rahbariyati va Bo‘lim boshlig‘i tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash;

Markazning davlat xaridlari bo‘yicha rejalarini shakllantirish va uning ijrosini monitoring qilish;

Markazning davlat xaridlari uchun texnik topshiriqlarni tayyorlash va ularni takomillashtirish;

davlat xaridlarining elektron tizimida Markaz nomidan ishlarni olib borish;

xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etish uchun takliflar bergan ishtirokchilar bilan kommunikatsiyalarni amalga oshirish;

xarid qilish tartib-taomillarini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlash;

Markazning davlat xaridlari bo‘yicha hisobotlarini tayyorlash;

Markazning xarid komissiyasi majlislarini tashkil etish va o‘tkazilishini ta’minlash;

Markazning xarid komissiyasi majlisi bayonnomalarini tayyorlash;

xarid qilish tartib-taomillari natijalari bo‘yicha shartnomalarni tayyorlash;

Markazning xarid qilish tartib-taomillari natijalari bo‘yicha shartnomalarni monitoring qilish va bajarilishini nazorat qilish;

Markazning davlat xaridlari bo‘yicha hujjatlarni saqlash va arxivlash ishlarini olib borish;

Markazning davlat xaridlari bo‘yicha statistik va boshqa hisobotlarni tayyorlash;

Markazning davlat xaridlari bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar va boshqa meyoriy hujjatlarning monitorigini olib borish va ularni Markaz faoliyatiga tatbiq etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

Markazning davlat xaridlari jarayonida yuzaga keladigan muammoli masalalarni tahlil qilish va ularni hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

davlat xaridlari maxsus axborot portalida Markaz profili ma’lumotlarini yangilab borish;

Bo‘limning boshqa xodimlariga o‘z vakolati doirasida uslubiy yordam ko‘rsatish;

Bo‘lim faoliyatiga oid hujjatlarning yig‘ma jildlarini shakllantirishda ishtirok etish;

Bo‘lim boshlig‘i va boshqa yetakchi mutaxassis yo‘qligida ularning vazifalarini bajarish.

4.3. Yetakchi mutaxassis quyidagi huquqlarga ega:

yuklatilgan topshiriq va vazifalarni bajarish yuzasidan Markaz bo‘limlari, shuningdek, Vazirlik va tizimdagi korxona va tashkilotlardan tegishli hujjatlarni, ma’lumotlarni o‘rnatilgan tartibda talab qilish, shuningdek, ulardan zaruriy axborotlarni so‘rab olish;

davlat xaridlari masalalari bilan bog‘liq majlislarda ishtirok etish;

Bo‘lim faoliyatiga aloqador tegishli Vazirlik me’yoriy-huquqiy hujjatlar, tarmoq rahbariy va me’yoriy hujjatlari, tashkiliy-taqsimot hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

ish sharoiti va texnik imkoniyatlarga ega bo‘lish;

yuklatilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash uchun avtotransport, aloqa vositalari, kompyuter, internet xizmati va idoraviy texnikadan foydalanish;

bo‘limning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan Bo‘lim boshlig‘i orqali Markaz rahbariyatiga takliflar kiritish.

4.4. Yetakchi mutaxassis quyidagilar uchun javobgar:

mazkur Mansab yo‘riqnomada belgilangan majburiyatlarni bajarilishi uchun;

yuklatilgan vazifa va funksiyalarning o‘z vaqtida va to‘laqonli bajarilishi uchun;

Bo‘lim faoliyatiga tegishli O‘zbekiston Respublikasi me’yoriy-huquqiy hujjatlari, Vazirlik buyruqlari va farmoyishlari, Markazning buyruq va farmoyishlari, rahbariyat ko‘rsatmalariga amal qilinishini va bajarilishini ta’minlash;

faoliyatida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘yilmasligiga va korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatiga amal qilinishiga;

texnika xavfsizligi, mehnat muhofazasi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish;

qonunchilikka muvofiq foydalanish cheklangan axborotlarni oshkor qilmaslik;

mehnat va ijro intizomini buzganligi;

mehnat konunchiligi bilan belgilangan doirasida Markazga yetkazilgan zarar uchun.