Vazifalar:
- Bankning normativ hujjatlari va rahbariyat topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
- Ichki mehnat tartibi, ijro intizomi va odob-ahloq qoidalariga qat’iy amal qilish;
- Bank va mijozlar faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarning sir saqlanishini ta’minlash;
- Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga muvofiq ishlash;
- Vakolat doirasiga kiruvchi murojaatlarni o‘z vaqtida va belgilangan tartibda ko‘rib chiqish.
Talablar:
- Oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lish;
- Bank sohasida kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
- Kasbiy bilim va mas’uliyatni namoyon eta oladigan mutaxassis bo‘lish;
- O‘zbek tilini mukammal, rus tilini o‘rta darajada bilish;
- Maxsus dasturlar (masalan, IABS yoki boshqa bank tizimlari) bilan ishlash ko‘nikmasi — afzallik bo‘ladi.
Ish sharoiti:
- Rasmiy ishga qabul qilinish;
- Shaxsiy rivojlanish va malaka oshirish imkoniyati;
- Karera va kasbiy o‘sish imkoniyati;
- Shaffof ish haqi tizimi (stavka + KPI), to‘lovlar oyiga 3 marta;
- Daromadingizga shaxsan ta’sir qiladigan mukammal motivatsiya tizimi;
- Ish jadvali 5/2, dushanbadan jumagacha;
- Yosh va do‘stona jamoa.