Vazifalar:
- Bankning me’yoriy hujjatlari va rahbariyat topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
- Kredit portfelini oshirish bo‘yicha tegishli choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- Ajratilgan kreditlar bo‘yicha joyiga chiqqan holda muntazam monitoring olib borish;
- Maqsadsiz ishlatilgan kreditlar aniqlanganda dalolatnoma tuzish va sud organlariga da’vo arizalarini kiritish;
- Kreditlar monitoringi va qaytarilishini ta’minlash yuzasidan hisobotlar tayyorlash va rahbariyatga taqdim qilish.
Talablar:
- Oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lish;
- Bank sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi bo‘lishi;
- Kreditlash va monitoring yo‘nalishida chuqur kasbiy bilim va amaliy tajribaga ega bo‘lish;
- O‘zbek tilini mukammal, rus tilini kamida o‘rta darajada bilish;
- Maxsus dasturlar bilan ishlash ko‘nikmasi (IABS va boshqa bank axborot tizimlari) — afzallik sifatida baholanadi;
- Xizmat safarlariga tayyor bo‘lish.
Ish sharoiti:
- Rasmiy ishga qabul qilinish;
- Shaxsiy rivojlanish va malaka oshirish imkoniyati;
- Karera va kasbiy o‘sish imkoniyati;
- Shaffof ish haqi tizimi (stavka + KPI), to‘lovlar oyiga 3 marta;
- Daromadingizga shaxsan ta’sir qiladigan mukammal motivatsiya tizimi;
- Ish jadvali 5/2, dushanbadan jumagacha;
- Yosh va do‘stona jamoa.