Rahimov School

Informatika va AKT o'qituvchisi

9 000 000 - 10 500 000 UZS
  • Ташкент
  • Частичная занятость
  • Полный день
  • От 3 до 6 лет
  • AKT
  • HTML
  • CSS
  • JavaScript
  • Русский — B2 — Средне-продвинутый
  • Узбекский — C2 — В совершенстве

Vazifalar:

1. O‘quv dasturini ishlab chiqish va takomillashtirish

  • AKT bo‘yicha zamonaviy ta'lim standartlariga mos keladigan o‘quv dasturini yaratish va joriy etish

  • Dastur tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish, va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak

2. Interaktiv ta’limni tashkil etish

  • Har xil o‘quv uslublariga mos keladigan, qiziqarli va jalb qiluvchi darslarni olib borish

  • Darslarda AKT vositalari, amaliy mashg‘ulotlar, real hayotga yaqin loyihalar va laboratoriya ishlari orqali chuqur o‘rganishga imkon yaratish

3. O‘quvchilarni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash

  • O‘quvchilarning individual o‘sishini kuzatib borish va ularga shaxsiy yondashuv bilan yordam berish

  • AKT bo‘yicha olimpiadalar va tanlovlarga tayyorlash

Talablar:

  • Ta’lim, AKT yoki tegishli yo‘nalishda bakalavr darajasi (magistr darajasi afzallik hisoblanadi)

  • AKT bo‘yicha o‘qituvchilik yoki sohaga aloqador tajriba

  • AKTning asosiy tushunchalari, dasturlash (masalan: Scratch, Python, HTML) va zamonaviy texnologiyalardan xabardorlik

  • O‘zbek va rus tillarida dars o‘tish qobiliyati

  • Kuchli kommunikativ ko‘nikmalar va samarali muloqot olib borish mahorati

  • Ta’lim texnologiyalari, platformalari va raqamli vositalardan foydalanish tajribasi

  • Professional rivojlanishga tayyorlik, sohadagi yangiliklarni doimiy kuzatib borish

Taklif qilamiz:

  • Raqobatbardosh va o‘z vaqtida to‘lanadigan oylik ish haqi

  • 500 dan ortiq kitobga ega maktab kutubxonasi

  • O‘z sohasida tajribali, faol va do‘stona jamoa

  • Professional va shaxsiy o‘sish imkoniyatlari: treninglar, seminarlar, muloqotlar

  • Kuchli mentorlardan individual ko‘mak va yo‘nalish

  • Yaxshi jihozlangan o‘quv xonalari, zamonaviy AKT infratuzilmasi

  • Imtiyozli tushlik (50% maktab tomonidan qoplanadi)

  • Zarurat bo‘lsa — hayotiy vaziyatlarda moddiy yordam ko‘rsatiladi