Rahimov School

Matematika o‘qituvchisi

15 000 000 - 16 300 000 UZS
  • Ташкент
  • Полная занятость
  • Полный день
  • От 3 до 6 лет

Vazifalar:

  • O‘rta va yuqori sinflarda matematika fanidan interaktiv va tizimli darslar o‘tish

  • O‘quv dasturlarini ishlab chiqish va muntazam yangilab borish

  • Har bir o‘quvchining darajasiga mos, shaxsiylashtirilgan yondashuv qo‘llash

  • O‘quvchilarda analitik fikrlash, muammoli vazifalarni yechish va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish

  • Matematika fan olimpiadalari yoki test sinovlariga (masalan, SAT Math yoki davlat testlari) tayyorlovda ishtirok etish

  • Zamonaviy o‘qitish metodlari va texnologiyalaridan foydalanish

Talablar:

  • Matematika yo‘nalishida oliy ma’lumot (bakalavr darajasi, magistr darajasi afzal)

  • Kamida 3 yillik maktabda dars berish tajribasi

  • Darslarni tushunarli, mantiqan qurilgan va o‘quvchini jalb qiladigan tarzda o‘ta olish

  • O‘quvchilarning qiziqishi va imkoniyatiga qarab moslashtirilgan dars rejalari tuzish

  • Fan bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar, test tizimlari va baholash usullarini bilish

Afzallik sifatida ko‘riladi:

  • Olimpiadaga tayyorlov yoki maxsus sinflarda dars bergan tajriba

  • SAT Math, GMAT, yoki boshqa xalqaro testlar bilan ishlagan bo‘lish

  • Google Classroom, GeoGebra, Khan Academy kabi platformalardan foydalanish

  • CLIL yoki STEAM yondashuvi asosida dars o‘tish ko‘nikmasi

Sharoitlar:

  • Raqobatbardosh va o‘z vaqtida to‘lanadigan oylik ish haqi

  • 500 dan ortiq kitobga ega kutubxona

  • O‘z sohasida tajribali va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa

  • Doimiy professional va shaxsiy o‘sish imkoniyatlari

  • Kuchli mentorlardan individual tavsiyalar

  • 50% kompaniya tomonidan qoplanadigan tushlik

  • Zarurat bo‘lsa, hayotiy holatlar uchun moddiy yordam

  • Bilimga chanqoq, izlanuvchan va faol o‘quvchilar