
Mikrokreditbank
Yetakchi mutaxassis (Kreditlarni boshqarish va monitoring yo‘nalishi bo‘yicha)
Не указана
Asosiy vazifalar:
- Mikrokredit portfelining holatini monitoring qilish;
- Kreditlar bo‘yicha risklarni baholash, kredit sifatini tahlil qilish;
- Kreditlar monitoringi bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash;
- Monitoring tizimini rivojlantirish va takomillashtirish;
- Hududiy filiallar bilan samarali hamkorlik qilish;
- Kredit ma’lumotlarini tahliliy qayta ishlash va tavsiyalar berish;
- Kredit shartnomalariga muvofiqlikni tekshirish;
- Amaldagi bank siyosatlari va reglamentlariga rioya qilish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- Iqtisod, moliya yoki bank ishi yo‘nalishida oliy ma’lumot (bakalavr darajasi);
- Kredit monitoringi, mikroqarzlar yoki iste’mol kreditlari bilan ishlashda kamida 1 yillik ish tajribasi;
- Kredit nazorati va tahliliy hisob-kitob bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar;
- Kuchli tahliliy fikrlash, jamoada ishlash va tashabbuskorlik qobiliyati;
- Bank axborot tizimlarida ishlash ko‘nikmalari (IABS, Word, Excel);
- Ichki mehnat tartibi va etik qoidalarga qat’iy rioya qilish.
Shartlar:
- Rasmiy ishga joylashish;
- Doimiy o‘rganish va shaxsiy o‘sish;
- Departament va bank doirasida lavozimda ko‘tarilish imkoniyatlari;
- Shaffof to‘lov tizimi (maosh + KPI), oyiga 3 marta to‘lash;
- 5/2 grafik, pn-pt;
- Professionallarning ahil jamoasi.