PDP University

Front-End mentor (PDP School)

6 000 000 - 7 000 000 UZS
  • Ташкент
  • Полная занятость
  • Полный день
  • От 1 года до 3 лет
  • Обучение и развитие
  • JavaScript
  • HTML
  • HTML5
  • Git

PDP School xususiy maktabi uchun Front-End mentori kerak.


O‘qituvchi uchun mas'uliyatlar:

  • Sifatli ta’lim berish – Har bir darsni reja asosida, interaktiv va tushunarli tarzda o‘tkazish.
  • O‘quvchilarning rivojlanishini kuzatish – Har bir o‘quvchining bilim darajasini doimiy nazorat qilish va individual yondashuvni qo‘llash.
  • Vaqtga rioya qilish – Darslarga o‘z vaqtida kelish va belgilangan dars soatiga qat'iy amal qilish.
  • Hisobotlar tayyorlash – Har oy yakunida darslar, o‘quvchilar natijalari va ishtiroki haqida qisqacha hisobot topshirish.
  • Doimiy o‘rganish va rivojlanish – Soha bo‘yicha yangiliklardan xabardor bo‘lish va o‘z ustida ishlash.
  • Muloqot madaniyatiga rioya qilish – O‘quvchilar, ota-onalar va jamoa bilan professional aloqada bo‘lish.
  • Intizom va odobga rioya qilish – Dars davomida tartib va odob qoidalariga amal qilish.

O‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar:

  • Front-End mutaxassislgi bo‘yicha chuqur bilim.
  • Pedagogik ko‘nikmalar – Yoshlarga mos yondashuv, sabr, tushuntirish qobiliyati.
  • Tajriba – Kamida 1-2 yillik o‘qituvchilik yoki amaliyotchi sifatida tajriba (afzallik sifatida qaraladi).
  • Texnologiyadan xabardorlik – Onlayn platformalarda dars o‘tish, zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanish ko‘nikmasi.
  • Mas'uliyat va halollik – Ishiga jiddiy qaraydigan, intizomli va halol shaxs bo‘lish.

📄 Ish shartlari:

  • Ish grafigi: 5/2 09:00 - 17:30
  • Sinov muddati: 3 oy (bu davrda o‘qituvchining yondashuvi va natijadorligi baholanadi).
  • Ish haqi: Dars soatlariga yoki oylik shartnomaga asoslangan holda belgilanadi (ish haqi malaka va tajribaga qarab belgilanadi).
  • Shartnoma: O‘zaro kelishuv asosida 6 oylik yoki 1 yillik shartnoma tuziladi.
  • Imtiyozlar:
  • Ichki treninglarda qatnashish imkoniyati
  • Kurs davomida ishlagan o‘qituvchilar uchun tavsiyanomalar
  • Real loyihalarda qatnashish imkoniyati (faqat faol va fidoyi o‘qituvchilar uchun)