Romay Kompaniyasi o'z jamoasiga tajribali va tashabbuskor Call Center Bo'limi Boshlig'i taklif etadi!!!
Vazifalar:
-
Call Center faoliyatini tashkil etish va boshqarish (kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlar, savdo, mijozlarga xizmat ko‘rsatish).
-
Savdo rejalari qo‘yish va ularning bajarilishini nazorat qilish.
-
Skriptlar, muloqot standartlari va savdo metodikalarini ishlab chiqish.
-
Xodimlarni o‘qitish, rivojlantirish va treninglar o‘tkazish.
-
Qo‘ng‘iroqlar sifati ustidan nazorat, e’tirozlar bilan ishlash va murakkab mijozlar bilan muloqot qilish.
-
KPI bo‘yicha hisobotlar tayyorlash va natijalarni tahlil qilish.
-
Jarayonlarni optimallashtirish orqali samaradorlik va konversiyani oshirish.
Talablar:
-
ROP, supervisor yoki Call Center rahbari sifatida kamida 3 yillik tajriba.
-
Savdo voronkasi va jamoa boshqaruvi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar.
-
CRM tizimlari va hisobotlar bilan ishlash qobiliyati.
-
Liderlik sifati, jamoani motivatsiya qila olish va natijaga erisha olish.
-
Yaxshi kommunikativ ko‘nikmalar va stressga chidamlilik.
Sharoitlar:
-
Barqaror va tez rivojlanayotgan kompaniyada ish.
-
Rasmiy ishga joylashtirish.
-
Raqobatbardosh ish haqi (stavka + % sotuvdan).
-
Kasbiy rivojlanish va lavozim o‘sish imkoniyatlari.
-
Rahbariyat va jamoa tomonidan qo‘llab-quvvatlash.
Manzil: Termiz shahri Fayzli-El ko'chasi 6