ABABIN
Biznesni kengaytirish bo'limi mutaxassisi
- Аналитическое мышление
- Организаторские навыки
- Проведение презентаций
- Контроль исполнения решений
- Бизнес-планирование
- Русский — B2 — Средне-продвинутый
- Узбекский — C2 — В совершенстве
ASKO — avtomobil ehtiyot qismlari bozorida (avtoshina, disk va akkumulyatorlar) faoliyat yuritayotgan O‘zbekistondagi yirik chakana savdo tarmog‘i.
Bugungi kunda kompaniyaning 55+ ta savdo filiali respublika bo‘ylab muvaffaqiyatli ishlamoqda va tarmoq faol kengayib bormoqda.
Ofis manzili: Toshkent shahri, Yangihayot tumani, INDEX savdo kompleksi, F-3 blok
Lavozim tavsifi
Filial ochilish mutaxassisi yangi filiallarni ishga tushirish jarayonida do‘konni ochilishgacha operatsion jihatdan tayyorlash, savdo zali va omborni standartlarga mos holatga keltirish, tovarlarni qabul qilish va joylashtirishni tashkil etish hamda ochilish kuni savdo jarayonining to‘liq ishga tushishini ta’minlash uchun mas’ul bo‘ladi.
Ushbu lavozim filial ochilishida “asosiy ijrochi mutaxassis” hisoblanadi: u joyida turib, ochilish jarayonidagi ishlar ketma-ketligini boshqaradi, tayyorgarlik darajasini nazorat qiladi va do‘konning belgilangan vaqtda ish boshlashiga javob beradi.
Asosiy vazifalar.
Filialni ochilishga tayyorlash
-
Filial joyiga chiqib, ochilishga tayyorgarlik bo‘yicha ish rejasini tuzish va ishlarni bosqichma-bosqich tashkil etish
-
Savdo zali, ombor va yordamchi xonalarni kompaniya standartlariga mos holatga keltirish
-
Savdo jihozlari (stellaj, vitrina, kassaga yaqin hududlar, ko‘rgazma zonalari) joylashuvini standart bo‘yicha tashkil etish
-
Ichki navigatsiya, belgilashlar va brending elementlarining to‘g‘ri o‘rnatilishini nazorat qilish
Ochilish kuni jarayonlarini ishga tushirish
-
Ochilishdan oldin yakuniy tekshiruv (chek-list) o‘tkazish va “tayyor” holatga keltirish
-
Savdo jarayonini ishga tushirish: kassalar, savdo zonalari, xizmat ko‘rsatish nuqtalari ishlashini nazorat qilish
-
Ochilish vaqtida yuzaga keladigan operatsion muammolarni joyida hal qilish va jarayonni to‘xtatmasdan davom ettirish
Nazorat va hisobot
-
Ochilish bo‘yicha bajarilgan ishlar, qilingan tuzatishlar haqida qisqa hisobot tayyorlash
-
Obyekt tayyorgarligi bo‘yicha foto/hisobot materiallarini tartibga keltirish (zaruratga ko‘ra)
-
Zaruratga qarab bir vaqtning o‘zida bir nechta filial ochilish jarayonlarida ishtirok etish
Nomzodga talablar.
-
Chakana savdo yo'nalishida amaliy ish tajribasi (do‘kon, savdo zali, ombor yoki shunga yaqin yo‘nalishlar)
-
Filial ochilishi, savdo zali tayyorlash va tovar joylashtirish jarayonlarini tushunish
-
Amaliy ishlashga tayyorlik (joyida, real operatsion jarayonlarda)
-
Tartibli ishlash, detallarga e’tibor, mas’uliyat va natijaga yo‘naltirilganlik
-
Muammolarni tez aniqlash va joyida hal qilish qobiliyati
-
Jamoa bilan ishlash, topshiriqlarni aniq tushuntirish va talabni ushlab turish
-
Xizmat safariga tayyorlik va 10–14 kun hududlarda qolib ishlash imkoniyati
Shartlar.
-
Ish formati: xizmat safari (filial ochiladigan hududlarga chiqib ishlanadi)
-
Filiallarda joyida ishlash: odatda 10–14 kun (jarayonga qarab uzayishi mumkin)
-
Xizmat safari davomida:
-
yashash joyi (xizmat uyi)
-
3 mahal ovqat
-
yo‘l xarajatlari kompaniya hisobidan to‘liq qoplanadi
-
-
Oylik oklad: 5 000 000 so‘m
-
KPI va bonuslar bilan 9 000 000 so‘mgacha daromad
Ish samaradorligi qanday baholanadi?
-
Filialning belgilangan muddatda va tayyor holatda ochilishi
-
Savdo zali va ombordagi tartib hamda standartlarga moslik darajasi
-
Ochilishdagi kamchiliklar soni va ularning tez bartaraf etilishi
-
Ochilish kuni savdo jarayonining uzluksiz ishga tushishi
Muhim!
Cover letter'da qaysi hududlarda ishlashga tayyorligingiz haqida yozib yuboring.